Ushbu hook e-imzo
kutubxonasidan foydalanish uchun mo'ljallangan. Hook yordamida foydalanuvchi sertifikatlari ro'yxatini olish va PKCS7 formatidagi raqamli imzoni yaratish imkoniyati mavjud.
Avvaliga EIMZO
kutubxonasini o'rnatishingiz kerak bo'ladi. Bu faylni loyihangizga yuklab oling va kerakli joyga qo'ying.
Keyin useEImzo
hookini import qilib, foydalanishingiz mumkin:
import { useEImzo } from 'use-eimzo'
useEImzo
hooki quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga olgan ob'ektni qaytaradi:
- Dinamik Skript Yuklash: E-IMZO skriptini avtomatik ravishda dokument head qismiga yuklaydi.
- Sertifikatlarni Boshqarish: Foydalanuvchi sertifikatlarini olish va boshqarish.
- PKCS#7 Imzo Yaratish: PKCS#7 imzolarini yaratishni osonlashtiradi.
- Xatoliklarni Boshqarish: Skript yuklanishi va E-IMZO operatsiyalari uchun asosiy xatoliklarni boshqarish.
- Tozalash: Dinamik qo'shilgan skript komponent o'chirilganda olib tashlanadi.
useEImzo
hookini ishlatganingizdan so'ng, sertifikatlar avtomatik ravishda yuklanadi va certificates
o'zgaruvchisida saqlanadi.
const { certificates } = useEImzo()
Ma'lum bir sertifikat uchun PKCS7 raqamli imzosini yaratish uchun createPkcs7
funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
const { createPkcs7 } = useEImzo()
const sertifikat = certificates[0] // birinchi sertifikatni olish misoli
createPkcs7(sertifikat)
PKCS7 formatidagi imzo pkcs7
o'zgaruvchisida saqlanadi:
const { pkcs7 } = useEImzo()
console.log(pkcs7)
Agar E-imzo dasturi ishga tushmagan bo'lsa yoki noto'g'ri konfiguratsiya qilingan bo'lsa, konsolda "E-imzo ishga tushuring!" degan xatolik paydo bo'ladi.
Agar PKCS7 yaratishda xatolik yuzaga kelsa, "PKCS7 qilishda xotolik yuzberdi" xabari konsolda paydo bo'ladi.