use-eimzo
TypeScript icon, indicating that this package has built-in type declarations

1.0.1 • Public • Published

use-eimzo

Ushbu hook e-imzo kutubxonasidan foydalanish uchun mo'ljallangan. Hook yordamida foydalanuvchi sertifikatlari ro'yxatini olish va PKCS7 formatidagi raqamli imzoni yaratish imkoniyati mavjud.

O'rnatish

Avvaliga EIMZO kutubxonasini o'rnatishingiz kerak bo'ladi. Bu faylni loyihangizga yuklab oling va kerakli joyga qo'ying.

Keyin useEImzo hookini import qilib, foydalanishingiz mumkin:

import { useEImzo } from 'use-eimzo'

Foydalanish

Qaytarilgan qiymatlar

useEImzo hooki quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga olgan ob'ektni qaytaradi:

  • Dinamik Skript Yuklash: E-IMZO skriptini avtomatik ravishda dokument head qismiga yuklaydi.
  • Sertifikatlarni Boshqarish: Foydalanuvchi sertifikatlarini olish va boshqarish.
  • PKCS#7 Imzo Yaratish: PKCS#7 imzolarini yaratishni osonlashtiradi.
  • Xatoliklarni Boshqarish: Skript yuklanishi va E-IMZO operatsiyalari uchun asosiy xatoliklarni boshqarish.
  • Tozalash: Dinamik qo'shilgan skript komponent o'chirilganda olib tashlanadi.

Sertifikatlarni olish

useEImzo hookini ishlatganingizdan so'ng, sertifikatlar avtomatik ravishda yuklanadi va certificates o'zgaruvchisida saqlanadi.

const { certificates } = useEImzo()

PKCS7 yaratish

Ma'lum bir sertifikat uchun PKCS7 raqamli imzosini yaratish uchun createPkcs7 funksiyasidan foydalanishingiz mumkin

const { createPkcs7 } = useEImzo()

const sertifikat = certificates[0] // birinchi sertifikatni olish misoli
createPkcs7(sertifikat)

PKCS7 formatidagi imzo pkcs7 o'zgaruvchisida saqlanadi:

const { pkcs7 } = useEImzo()
console.log(pkcs7)

Qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin?

Agar E-imzo dasturi ishga tushmagan bo'lsa yoki noto'g'ri konfiguratsiya qilingan bo'lsa, konsolda "E-imzo ishga tushuring!" degan xatolik paydo bo'ladi.

Agar PKCS7 yaratishda xatolik yuzaga kelsa, "PKCS7 qilishda xotolik yuzberdi" xabari konsolda paydo bo'ladi.

Package Sidebar

Install

npm i use-eimzo

Weekly Downloads

20

Version

1.0.1

License

MIT

Unpacked Size

155 kB

Total Files

9

Last publish

Collaborators

  • solijonovali0728